AQSH Shimoliy Koreyaga jiddiy signal yubordi

Olam

image

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Nimitz yadroviy samolyot tashuvchi kemasi Koreya Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari bilan yarim orol janubidagi suvlarda qo‘shma mashg‘ulotlardan so‘ng Janubiy Koreyaning Pusan port shahriga yetib keldi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot tashuvchisi bortida 70 ga yaqin jangovar samolyot va vertolyotlar mavjud bo‘lgan. Kemaning yetib kelishi Shimoliy Koreyani raketa uchirishdan tiyilish haqida ogohlantirish bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, kecha, 27 mart kuni Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuchlari AQSH harbiylari bilan birgalikda Koreya yarim oroli janubida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Janubiy Koreya tomonidan “Buyuk qirol Sejong” va “Chxve Yon” esminetlari (yuqori tezlikdagi ko‘p maqsadli jangovar kema) ishtirok etgan. 

“Dushmanning yadroviy zarba berishga urinishi, albatta, uning rejimi barham topishiga olib kelishini ochiq aytamiz”, degan samolyot tashuvchi kemaga chiqqan Koreya Respublikasi shtab boshliqlari raisi Kim Sin Gyom. 

Shuningdek, Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi Pxenyan suv osti droni borasidagi da’volarni bo‘rttirib yuborganini aytgan. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, shimolda uchuvchisiz suv osti transport vositasini yaratish ustida rostan ham ish olib borilmoqda, biroq ularning hisob-kitoblari bu ishlar hali boshlang‘ich bosqichda ekanini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-24 mart kunlari AQSH va Janubiy Koreya harbiylari “Ozodlik qalqoni” deb ataluvchi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. Shimoliy Koreya Vashington va Seulning bu harakati mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishini ta’kidlab, bir necha bor raketa uchirgan va yangi yadroviy suv osti dronlarini sinovdan o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing