AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar kecha, 27 mart kuni Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan olti nafar shaxs va ikki kompaniyani Shimoliy Koreyaning qurol-yarog‘ dasturiga mablag‘ o‘tkazishda ayblab, “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi bayonot berdi.

Unda aytilishicha, bu harakatlar Janubiy Koreya bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Bayonotda olti kishining ismlari keltirilgan:  Yu Pu Ung, Ri Tong Xyok, Xan Chol Man, O In Chun, Chon Son Xo va Jon Yon Gun.

Sanksiyalangan kompaniyalar orasida Vladivostokdagi Alis LLC va BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Pioneer Bencont Star Real Estate ham bor. Bildirilishicha, ikkala kompaniya ham Shimoliy Koreya armiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan Chinyong Information Technology Cooperation’ning bir qismidir.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilning may oyidan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan Chinyong Rossiya va Laosda ishlaydigan Shimoliy Koreya IT xodimlarini boshqarish uchun kompaniyalar va vakillar tarmog‘idan foydalanadi.

Ma’lumot uchun, AQSH va Janubiy Koreya shu haftada KXDR uchun noqonuniy neft importining oldini olishga qaratilgan yangi ishchi guruh tuzilgani haqida e’lon qildi. Ular bu harakatini BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan joriy qilingan mavjud xalqaro sanksiyalar deyarli ish bermayotgani bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing