AQSH Senati Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qilishga chaqirdi

Olam

image

AQSH Senati Davlat departamentini Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Tegishli hujjat kecha, 28 iyul kuni AQSH Kongressi saytida chop etildi.

Hujjatda Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi voqealar tegishli qaror qabul qilinishicha sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Rossiyani ro‘yxatga kiritishni so‘rab Kiyev Vashingtonga murojaat yo‘llagan. Xuddi shunday takliflar Kongressning bir qator a’zolari tomonidan ham bildirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq bu tashabbuslarni “ahmoqona o‘lchov” deb atagan. Diplomat AQSHning bunday qadamlari Rossiya tomonidan javobsiz qolmasligidan ogohlantirgan.

Terrorizm homiylari ro‘yxatiga Vashington nazarida xalqaro terrorchilik harakatlarini qayta-qayta qo‘llab-quvvatlagan davlatlar kiritilishi mumkin. Amerika ma’muriyati ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash nuqtai nazaridan keng vakolatlarga ega. AQSH Moliya vazirligi ushbu yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ro‘yxatdagi mamlakatlar bilan savdo qiluvchi davlatlarga qarshi choralar ko‘rishi mumkin. 1979 yildan beri Vashington ma’muriyati o‘z ro‘yxatiga faqat oz sonli davlatlarni qo‘shgan. Ro‘yxatga hozirda Eron, Shimoliy Koreya, Kuba va Suriya kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing