AQSH Senati rekord darajadagi harbiy byudjetni tasdiqladi

Olam

image

AQSH Senati mudofaa xarajatlariga 880 milliard dollar mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Senatda Kongressning Vakillar palatasida taklif qilingan asl nusxadan farq qiluvchi versiya qabul qilindi. Bu haqda C-SPAN xabar berdi.

Vakillar palatasi va Senat versiyalari o‘rtasidagi farqlar ularda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi partiya vakillarining qarashlari bilan bog‘liq. Masalan, respublikachilar katta ta’sirga ega bo‘lgan Vakillar palatasi qonun loyihasida harbiy xizmatda bo‘lgan ayollarga davlat tibbiy sug‘urtasi hisobiga abort qilishni taqiqlashni yoqlagan bo‘lsa, Senatdagi ko‘pchilik demokratlar harbiy xizmatchilarning jinsini o‘zgartirish operatsiyalari uchun mablag‘ ajratishni davom ettirishni talab qilmoqda.

Shu va boshqa qarama-qarshiliklar qonun loyihasi AQSH Prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun yuborilishidan oldin kelishuv komissiyasi tomonidan hal qilinishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur Mudofaa byudjeti Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari uchun 80 million dollar, shuningdek, Xavfsizlik tashabbusi orqali yordam sifatida 300 million dollar ajratishni nazarda tutadi.

Aytish joizki, AQSH Senati mudofaa byudjetiga Kiyevga harbiy yordamni cheklash bo‘yicha tuzatish kiritishni qo‘llab-quvvatlamagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pentagon Ukrainaga NASAMS va HIMARS qurol tizimlari uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Senat Ukraina harbiy byudjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing