AQSH Senati qurol nazoratini kuchaytirishga rozi bo‘ldi

Olam

image

AQSH Senati qurolli zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Kongress yuqori palatasi saytida xabar qilindi.

Qonun loyihasini 65 senator qo‘llab-quvvatlagan, 33 nafari esa qarshi chiqqan, “15 nafar respublikachi bu chorani qo‘llab-quvvatlash uchun demokratlarga qo‘shilgan. Bu mamlakatdagi eng munozarali siyosiy masalalardan biri bo‘yicha muhim ikki partiyaviy yutuq ekanini anglatadi.

Endilikda qonunni Vakillar palatasi ma’qullashi kerak. So‘ng Prezident Bayden uni imzolaydi.

Qonun loyihasining mazmuni

Qonun loyihasida shtatlarga hukumatning fikricha, o‘ziga va boshqalarga xavf tug‘diruvchi shaxslardan o‘qotar qurollarni vaqtincha olib qo‘yish uchun grantlar nazarda tutilgan. Bundan tashqari, u oiladagi zo‘ravonlik jinoyati uchun sudlangan shaxslarga kamida besh yil davomida o‘qotar qurol sotib olishni taqiqlaydi. Mazkur qoidaga ko‘ra, agar fuqaro ushbu muddat davomida hech qanday zo‘ravonlik harakatini sodir etmasa, bu huquq tiklanadi.

Tashabbus, shuningdek, Federal qidiruv byurosidan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘qotar qurol sotib oluvchilarni yanada qattiqroq tekshirish uchun shtat va mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralari bilan bog‘lanishini talab qiladi. Biroq, qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, bu qoida 10 yildan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Hujjat matnida taqiqqa uchragan shaxs nomidan o‘qotar qurol sotib olish federal jinoyat hisoblanishi belgilanmoqda, shuningdek, o‘qotar qurol sotish punktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talablari aniqlashtirilgan. Qonunchilar ta’lim muassasalari xavfsizligini ta’minlash va ruhiy kasalliklarni davolash uchun taxminan 15 milliard dollar ajratadi.

Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlovchi AQSH Milliy o‘t ochish uyushmasi bu tashabbusga keskin qarshi chiqdi.

Hujjat yaqinda Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda yuz bergan otishma natijasida 19 bola va ikki o‘qituvchi halok bo‘lgan fojiali voqealardan keyin, shuningdek, Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi supermarketda uyushtirilgan otishmada to‘qqiz kishi o‘ldirilganidan keyin qabul qilindi.

May oyida “New York Post” gazetasi Gun Control Zo‘ravonlik veb-sayti ma’lumotlariga tayanib, “2022 yilda Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy otishmalar soni yil kunlari sonidan oshib ketgani” haqida xabar bergandi. Hisobotda aytilishicha, joriy yilning 144 kunida mamlakatda 214 ta otishma holati qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qurol

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing