AQSH Senati Bayden intiq kutgan qonunni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Senati boshqa narsalar qatori inflyatsiyaga qarshi kurashga qaratilgan 434 milliard dollarlik yirik qutqaruv paketini ma’qulladi. Kecha, 7 avgust kuni qonun loyihasini qabul qilish uchun 101 kishidan 51 nafari ovoz berdi. Hal qiluvchi ovozni AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris berdi.

Taxminan 370 milliard dollar energiya xavfsizligi va iqlimni muhofaza qilish, shuningdek, bir qator soliq imtiyozlariga yo‘naltiriladi. Yana 64 milliard sog‘liqni saqlash tashabbuslariga, xususan, dori-darmonlar narxini pasaytirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, qonun loyihasi korporatsiyalar uchun soliq nazoratini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasining Senat tomonidan ma’qullanishi AQSH Prezidenti Jo Baydenning katta g‘alabasi sifatida baholanmoqda, u bundan bir yarim yil avval prezidentlikka kirishganida katta islohotlarni va’da qilgan, biroq hozircha ularni amalga oshira olmagan. Demokratlar kutganidek, qonunning qabul qilinishi bu yilgi saylovlarda Kongressdagi ko‘pchilikni saqlab qolish imkonini beradi.

Oq uy rahbari Senat qarorini olqishladi.

“Bu ko‘plab murosalarni talab qildi. Vakillar palatasi qonun loyihasini imkon qadar tezroq qabul qilishi kerak va men uni imzolashni intiqlik bilan kutmoqdaman”, degan Oq uy rahbari. 

Qonun loyihasi bo‘yicha AQSH Kongressi Vakillar palatasida ovoz berish 12 avgustga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

374

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing