AQSH Sardoba voqeasi sabab O‘zbekistonga pul ajratdi

Jamiyat

image
“Sardoba fojiasi”: Alisher Usmonov O‘zbekiston va Qozog‘istonga 15 mln dollar xayriya qildi north_east

“Sardoba fojiasi”: Alisher Usmonov O‘zbekiston va Qozog‘istonga 15 mln dollar xayriya qildi

AQSH Sardoba suv omborida yuzaga kelgan favqulodda hodisa sabab kelib chiqqan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 100 ming dollar ajratdi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, AQSH hukumati, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali, eng muhim qishloq xo‘jaligi hududlarining biridan o‘n minglab kishilarning ko‘chirilishiga sababchi bo‘lgan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qisman o‘pirilishi natijasida O‘zbekistonda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. USAID mahalliy bir tashkilotga tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga muhim yordam vositalari sotib olish va yetkazib berish uchun 100 000 dollar ajratmoqda. Suv ombori o‘pirilishi va uning oqibatlarini bartaraf etishda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

2020 yil 1 may kuni kuchli yomg‘ir va dovul Toshkent janubidagi Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborining bir qismi o‘pirilishiga olib keldi. Uy xo‘jaliklari, ijtimoiy infratuzilma, yo‘llar, energetika, aloqa va suv tizimlariga ko‘rsatgan ziyondan tashqari, toshqin hududdagi qishloq xo‘jaligi infratuzilmasiga ham zarar keltirib, paxta, don-dun va poliz mahsulotlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, bu esa fermerlarning daromadlari va viloyat iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Sirdaryo viloyati aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi. AQSH hukumati bu ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi”, deydi AQSH elchisi Daniyel Rozenblyum.

AQSH hukumati bu mablag‘dan foydalanib suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam beradi. Favqulodda ko‘mak bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llashdan tashqari, USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodini diversifikatsiyalash, mintaqaviy savdoni kuchaytirish, sog‘liqqa jiddiy tahdidlarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun hukumat imkoniyatlarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Sardoba suv ombori

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing