AQSH Rossiyaning eng zaif joyini nishonga olmoqchi
Olam
−
28 Sentabr 2022
62022Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqinda Rossiyaga o‘rtacha har olti haftada yangi sanksiyalar kiritdi va bu sur’at kelgusi oylarda davom etishi kerak. Bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni AQSH Kongressi Senatining Tashqi ishlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovda Amerika sanksiyalar siyosati koordinatori, AQSH Davlat departamenti tuzilmasi vakili Jeyms O'Brayen ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Vashingtonning sanksiya bosimi Rossiya iqtisodiyoti va harbiy ta’minot zanjirlaridagi asosiy “zaifliklar”ga qaratiladi.
“Oldinga qarab, Rossiya Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirmaguncha bosim kuchayadi. Ma’muriyat o‘rtacha har olti haftada yangi sanksiyalar paketlarini kiritdi va men bu sur’at davom etishini kutgan bo‘lardim. Kelgusi oylarda biz Rossiya iqtisodiyoti va Rossiyaning harbiy ta’minot zanjirlaridagi asosiy zaifliklarga e’tibor qaratishda davom etamiz”, deydi O'Brayen.
Eslatib o‘tamiz, “The Wall Street Journal”ning 28 sentyabrdagi sonida yozilishicha, AQSH ma’muriyati Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimiga qarshi sanksiyalar qo‘llash va Rossiya Federatsiyasidan ko‘proq banklarni xalqaro banklararo xabar almashish tizimi (SWIFT)dan uzib qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganmoqda va sanksiyalar moliya institutlariga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi