AQSH Rossiyani telefon yetkazib bermaslik bilan “qo‘rqitmoqchi” 

Olam 9286
image
-

AQSH rasmiylari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qo‘shimcha cheklov choralarini, jumladan, Rossiyaga eksportni cheklash bo‘yicha “favqulodda” choralarni qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ismini oshkor etmagan rasmiysiga tayanib xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, bunday chora-tadbirlar sifatida ular telefonlar, asosiy aviatsiya va avtomobil komponentlari hamda “ko‘plab boshqa sohalardan” materiallar yetkazib berishni taqiqlashni muhokama qilmoqda. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar avval muhokama qilinganlardan tashqari taklif qilingan. 

Dekabr oyida AQSHning potensial sanksiyalar paketi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning atrofidagilar, rossiyalik oligarxlar, banklar va energetika kompaniyalariga, shuningdek Rossiyani SWIFT banklararo o‘tkazma tizimidan uzib qo‘yish va rublni boshqa valyutalarga konvertatsiyasini cheklash choralarini o‘z ichiga olishi haqida xabar tarqalgandi. 

Shuningdek, joriy yilning 7 dekabr kuni Jo Bayden Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida uni Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, “hal qiluvchi iqtisodiy va boshqa choralar” haqida ogohlantirgan. Putin, o‘z navbatida, NATOni “Ukraina hududini bosib olishga bo‘lgan xavfli urinishlar”da ayblab, harbiy ittifoq sharq tomon kengaytirilmasligi kafolatini talab qilgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 421
Reyting: 2.9
t
×