AQSH Rossiyani tabrikladi
Olam
−
12 iyun 40053 2 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bugun, 12 iyun kuni rossiyaliklarni amerikaliklar nomidan Rossiya kuni bilan tabrikladi. Rubioning tegishli bayonoti AQSH Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.
“Qo‘shma Shtatlar Rossiya xalqini porloq kelajakka intilishlarini davom ettirishda qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi. Fursatdan foydalanib, biz AQSHning Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish uchun Rossiya Federatsiyasi bilan konstruktiv hamkorlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlaymiz.Tinchlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb umid qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Rossiya kuni Rossiya Federatsiyasida davlat bayramidir. TASS axborot agentligining eslatishicha, 1990 yil 12 iyunda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR, SSSR tarkibiga kiruvchi) xalq deputatlarining birinchi qurultoyi RSFSRning davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Hujjatda Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va qonunlarining Sovet Ittifoqining qonun hujjatlaridan ustunligi e’lon qilindi, barcha fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari uchun teng huquqlar, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining bo‘linishi prinsipi va mintaqalarning huquqlarini sezilarli darajada kengaytirish zarurati tasdiqlandi.
Deklaratsiyani RSFSR Oliy Kengashining o‘sha paytdagi raisi Boris Yelsin imzolagan.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimini egallagan Yelsin 1994 yil 2 iyunda 12 iyunni davlat bayrami – RSFSR Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan kun deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini Rossiya kuni bilan samimiy tabriklagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr