AQSH Rossiyaga shantaj qilyapti – Ryabkov
Olam
−
09 fevral 2022
12166Rasmiy Vashington turli yo‘llar bilan Moskvaga bosim o‘tkazishga urinyapti. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov shunday fikr bildirdi.
“Ukrainaga asbob-uskunalar, o‘q-dorilar, harbiy texnika, jumladan, qirg‘in qurollari yetkazib berish bo‘yicha bu sohada sodir bo‘layotgan barcha ishlar bizga qo‘shimcha siyosiy va, ehtimol, harbiy-texnik bosim o‘tkazishga urinishdir. Shubhasiz, bu yerda shantaj va bosimning tarkibiy qismi bor”, deydi u jurnalistlarga.
Diplomat Kiyevga raketaga qarshi THAAD tizimlarining yetkazib berilishini haqidagi xabarlarni sof shaklda provokatsiya deb atadi.
“Keskinlikni pasaytirish, shu jumladan, Kiyevga Minsk kelishuvlariga to‘liq rioya qilish talabini qo‘yish o‘rniga turli xil ma’lumot hurujlari amalga oshirilmoqda”, degan Ryabkov.
U, shuningdek, amerikaliklarning yaqinda Moskva Ukraina harbiylarining Donbass aholisiga hujumi haqida videolar tayyorlayotgani haqidagi soxta xabarlarini eslatgan.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, THAAD’ning Ukrainaga o‘tkazilishi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlarini kamaytiradi.
LiveBarchasi