AQSH rossiyalik milliarderlarga sanksiya qo‘lladi
Olam
−
12 avgust 2023
5256AQSH moliyaviy va sarmoyaviy konglomerat Alfa Group va Rossiya biznes assotsiatsiyasiga aloqador bo‘lgan to‘rt rossiyalik milliarderga yangi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar hukumatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.
G‘aznachilik departamenti Alfa kuzatuv kengashida ishlagan to‘rt kishi – Mixail Fridman, Pyotr Aven, German Xan va Aleksey Kuzmichevni nishonga olganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi Rossiya ish beruvchilar uyushmasiga ham sanksiyalar kiritdi.
“Rossiyaning boy elitalari Kreml Ukraina xalqiga qarshi urush olib borayotgan bir paytda ular odatdagidek biznes yuritishlari mumkin degan tushunchadan voz kechishlari kerak”, dedi G‘aznachilik kotibi o‘rinbosari Uolli Adimo.
Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov esa yangi sanksiyalarga munosabat bildirar ekan, ularni “muvaffaqiyatsiz cheklovchi siyosat”ning bir qismi deb atadi. Uning fikricha, Oq uy mamlakat iqtisodi va texnologik suverenitetiga putur yetkaza olmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Ukrainadagi urush tufayli Moskva moliyaviy elitasiga qaratilgan so‘nggi choralardir.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Jo Bayden 9 avgust kuni AQSHning Xitoyga kompyuter chiplari singari yuqori texnologiyalarga sarmoya kiritishini taqiqlovchi va boshqa yo‘nalishlarda hukumat xabarnomasini talab qiladigan buyruqni imzoladi.
LiveBarchasi