AQSH rossiyalik kosmonavtga viza bermadi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik kosmonavt Nikolay Chubga tushuntirishsiz viza bermadi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi ma’lum qilgan.  

“Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi 2023 yil bahorida rejalashtirilgan kosmonavt Nikolay Chubga AQSHga kirish vizasi hech qanday tushuntirishsiz rad etilgan”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, barcha rossiyalik kosmonavtlar Xalqaro kosmik stansiyaga uchishdan oldin an’anaviy tarzda Jonson kosmik markazida mashg‘ulotlardan o‘tadi. Ular
stansiyaning Amerika segmenti tuzilishini xuddi amerikalik astronavtlar Rossiyada tayyorlanayotgani kabi o‘rganadi. 

“Roskosmos” rossiyalik kosmonavtga viza berilmagani haqidagi ma’lumotga izoh bermagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Nikolay Chub 2012 yilda Rossiya kosmonavtlar guruhiga qo‘shilgan, u hali parvoz tajribasiga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing