AQSH Rossiyaga taklif yubordi
Olam
−
12 yanvar 2021 22785 1 daqiqa
AQSH mamlakatning saylangan Prezidenti Jozef Baydenning 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimiga Rossiyani ham taklif qildi. Bu haqda RFning Vashingtondagi elchixonasi xabar bergan.
“Biz taklif oldik. Rossiyaning AQSHdagi elchisi [Anatoliy Antonov] marosimda mehmon sifatida ishtirok etishi rejalashtirilyapti”, deyilgan diplomatik korpus xabarida.
Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘tgan yilning noyabr oyida Antonov Baydenning inauguratsiya marosimida ishtirok etishi mumkinligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Pentagon inauguratsiya marosimi uchun 15 ming nafar Milliy gvardiya harbiylarini jalb qilishga ruxsat berdi.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Keyinroq Donald Tramp bu voqeada o‘zining ham aybi borligini tan olgani ma’lum bo‘ldi.
Live
Barchasi