AQSH Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
08 aprel 2022
5567AQSH hukumati Rossiyaning “Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi” (BKK) OAJ direktorlar kengashining sakkiz nafar a’zosiga, shuningdek, uning 28 ta sho‘ba korxonasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
AQSH Moliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, BKK – bu Rossiyaning aksariyat kemalarini loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadigan Rossiya davlat korxonasi va u ishlab chiqargan kemalarning aksariyatidan Ukrainadagi harbiy harakatlarda foydalanilishi mumkin.
Sanksiyalar ro‘yxatiga BKK direktorlar kengashi raisi Georgiy Poltavchenko, boshqaruv raisi va bosh direktor Aleksey Raxmanov, shuningdek, direktorlar kengashi a’zolari:
• Dengiz va daryo transporti federal agentligi rahbari Andrey Lavrishev;
• "Gazprom" OAJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Vitaliy Markelov;
• Rossiya Federatsiyasi Harbiy-sanoat komissiyasi hay’ati a’zosi Vladimir Pospelov;
• Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Oleg Ryazansev;
• Baliqchilik federal agentligi rahbari Ilya Shestakov;
• “Rosneft” OAJ energetika, mahalliylashtirish va innovatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Andrey Shishkin kiritilgan.
Shuningdek, 28 ta sho‘ba korxonalar sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga uning ayblanuvchilari bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.
LiveBarchasi