AQSH Rossiya yadro qurolidan foydalanishiga javob choralarini muhokama qilmoqda

Olam

image

AQSH ma’muriyati Rossiya Ukrainada taktik yadro qurolini qo‘llagan taqdirda AQSHning javob choralarini muhokama qilmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi va ular haqida gapirmoqchi emasligini ta’kidladi. 

“Bu haqda munozaralar bo‘lib o‘tdi, lekin nima qilishimiz va nima qila olmasligimiz haqida gapirish mas’uliyatsizlik bo‘lardi”, deydi u CNN telekanaliga bergan intervyusida. 

Harbiy bo‘limga shunga o‘xshash vaziyatda mumkin bo‘lgan harakatlar ssenariysini ishlab chiqishni buyurilganmi, degan savolga Bayden “Pentagon so‘rashi shart emas”, deb javob berdi. 

Rossiya Federatsiyasi tomonidan yadro qurolidan foydalanish to‘g‘risida

AQSH Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi mojaroda taktik yadro qurolidan foydalanadi, deb o‘ylamaydi. 

"U bunga boradi deb o‘ylamayman. Biroq, menimcha, uning bu haqda gapirishi mas’uliyatsizlikdir”, deydi Oq uy rahbari.

Baydenning fikricha, Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish dahshatli oqibatlarga olib keladi. 

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yadro quroli Jo Bayden

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing