AQSH Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan josuslik dasturini o‘chirdi

Olam

image

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) xalqaro sheriklari bilan hamkorlikda Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan xavfli dastur bilan zararlangan xalqaro kompyuterlar tarmog‘ini bartaraf etdi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, Snake deya ataluvchi mazkur dastur Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning 16-markaziy bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Sud hujjatlarida Turla deb keltiriladigan mazkur bo‘linma 20 yil davomida Snake’ning turli versiyalaridan foydalangan holda dunyoning kamida 50 ta, xususan Shimoliy Atlantika alyansiga kiradigan davlatlardagi yuzlab kompyuterlardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlab kelgan. 

Qo‘lga kiritilgan hujjatlar “maxfiy tarmoq” orqali zararlangan kompyuterlarga jo‘natilgan. Tergov xulosasiga muvofiq operatsiyalarni FXXning Ryazandagi boshqarmasi nazorat qilgan. FQB josuslik dasturini maxsus xizmat tomonidan yaratilgan Perseus dasturi yordamida o‘chirgan.

“Adliya departamenti xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda Rossiya hukumati qariyb yigirma yil davomida kiber-josuslik, shu jumladan NATOdagi ittifoqchilarimizga qarshi qo‘llagan zararli dasturlar bilan zararlangan kompyuterlar global tarmog‘ini demontaj qildi. Biz Rossiya rejimining Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarimizning xavfsizligiga putur yetkazish bo‘yicha beqarorlashtiruvchi harakatlariga qarshi jamoaviy mudofaani kuchaytirishda davom etamiz”, deydi AQSH Bosh prokurori Merrik Garland.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya josuslik dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing