AQSH Rossiya ta’siriga qarshi kurashish uchun 290 mln dollar ajratadi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati Rossiya ta’siriga qarshi kurashish uchun 290 million dollar ajratmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 27 dekabr kuni ma’qullagan 2021 yilda Hukumat faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihalari to‘plamining birida aytilgan.

Davlat departamenti Rossiyaning ta’siriga va butun dunyo bo‘ylab demokratik institutlarga ishonchsizlikni keltirib chiqarishga urinishlarga qarshi kurashish uchun 290 million dollar ajratish majburiyatini oladi. Xususan, gap AQSH davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan “Amerika Ovozi” va “Ozodlik / Ozod Yevropa” radiostansiyalari faoliyatiga mablag‘ ajratish haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, 300 million dollar Xitoy ta’siriga qarshi kurashish uchun ajratilgan. Hujjatlarda, shuningdek, Yevropa, Yevroosiyo va Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish idoralari va xavfsizlik kuchlarining salohiyatini kuchaytirish hamda xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash dasturlariga yo‘naltirilgan mablag‘lar haqida so‘z boradi.

Shuningdek, AQSH byudjetidan Rossiya Federatsiyasi va Yevropaning boshqa mamlakatlari, Yevroosiyo va Markaziy Osiyoda demokratiyani rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan Internetda erkinlikni targ‘ib qilish uchun ham mablag‘ ajratiladi. Shu bilan birga, 20 million dollar Markaziy Yevropada demokratiya va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga, shu jumladan shaffoflikni, mustaqil ommaviy axborot vositalari, qonun ustuvorligi, ozchiliklarning huquqlari hamda antisemitizmga qarshi kurash dasturlarini ta’minlashga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing