AQSH rasmiylari “Tolibon” bilan uchrashadi
Olam
−
27 iyul 2023
4715AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest hamda AQSHning Afg‘onistondagi ayollar huquqi bo‘yicha maxsus vakili Rina Amiri shu iyul oxirida Qatarda “Tolibon” harakati emissarlari bilan uchrashadi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Uest va Amiri 26-31 iyul kunlari Ostona va Dohaga boradi. Ostonada ular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi mavqedoshlari bilan uchrashib, Afg‘oniston bo‘yicha C5+1 formatida maxsus sessiya o‘tkazadi.
Dohada esa ular “Tolibon” vakillari bilan uchrashadi. Mamlakat aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ayollar erkinligi, xavfsizlik masalalari, giyohvand moddalar ishlab chiqarish hamda ularning savdosiga qarshi kurashish muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tagan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvida Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Eron, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri ishtirok etgandi. Shuningdek, yig‘ilishda Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki boshchiligidagi “Tolibon” delegatsiyasi ham qatnashgandi.
LiveBarchasi