Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
07 may 2022
10156AQSHning hozirgi ma’muriyati Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan qanday to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni bilmaydi. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ta’kidladi.
“Ular Vladimir Putin bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilishmaydi. Ular shunchaki noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri gaplarni aytmoqda”, degan u Pensilvaniyadagi tarafdorlari ishtirokidagi mitingda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi hukumat “psixologiya va mavjud vaziyatni qanday barqarorlashtirish haqida hech narsa bilmaydi”. AQSHning amaldagi rasmiylarining Ukraina bilan bog‘liq vaziyatdagi bunday noqobilligi, sobiq Prezidentning fikricha, Ukrainada millionlab qurbonlarga olib kelishi mumkin.
“Millionlab odamlar o‘lishi mumkin, chunki biz nima qilayotganimizni umuman bilmaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Tramp, shuningdek, Bayden va uning ma’muriyati Kiyev uchun qilayotgan ishlari bilan maqtanmasliklari, balki tinchlik kelishuviga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishlari kerakligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi