AQSH prezidentligiga sobiq nomzod Transport vaziri bo‘lishi mumkin
Olam
−
14 dekabr 2020
3416AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Pitt Butijich mamlakat Transport vaziri lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, Butijich hozirgi Transport vaziri Eleyn Chaoning lavozimni egallashi mumkin.
Ta’kidlanishicha, ushbu lavozimga Chikagoning sobiq meri Ram Emanuel, Los-Anjeles meri Erik Garsetti va Rod-Aylend gubernatori Jina Raymondoning nomzodlari ham muhokama qilinmoqda.
Avvalroq, AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan demokrat Jozef Bayden bo‘lajak ma’muriyatidagi vazirlik lavozimlariga nomzodlarni taqdim etib, uning barcha taklif qilgan shaxslari tajriba va yangicha fikrlashga ega ekanini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi