AQSH prezidentligiga nomzod YTHga uchradi
Olam
−
25 iyul 2023 6882 1 daqiqa
Respublikachilar partiyasidan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga nomzod Ron Desantis avtohalokatga uchradi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibiga tayanib, “Fox News” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 iyul kuni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod va Florida shtati gubernatori Ron Desantis hamda uning jamoasi Tennessi shtatida avtohalokatga uchragan.
“Bugun ertalab gubernator Tennessi shtatining Chattanoga shahridagi tadbirga ketayotganda avtohalokatga uchradi. U va uning jamoasidagilar jarohat olmagan”, deydi gubernatorning matbuot kotibi Brayan Griffin.
Ma’lumot uchun, 44 yoshli amerikalik siyosatchi 2013 yildan 2018 yilgacha AQSH Vakillar palatasi a’zosi bo‘lgan. U 2019 yil 8 yanvardan buyon Florida gubernatori sifatida faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Desantis 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan edi. Donald Tramp esa Ron Desantisni AQSH prezidentligiga nomzodini e’lon qilgani bilan shaxsan tabriklagan.
Live
Barchasi