AQSH Prezidenti o‘ldirilgan Gaitiga qo‘shin kiritish masalasini ko‘rib chiqadi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Prezident Jovenel Moiz o‘ldirilganidan keyin Gaitiga xavfsizlik holatini barqarorlashtirish uchun mamlakatga qo‘shin yuborish haqidagi talabini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.

“Biz Pentagondan yordam so‘ralgan boshqa har qanday so‘rovda bo‘lgani kabi masalani tahlil qilmoqdamiz. Uni o‘rganib chiqamiz”, deb hali qaror qabul qilinmaganini qo‘shimcha qildi u.

Kirbi Qo‘shma Shtatlar uchun ustuvor vazifa Gaitiga Moizga qilingan hujum holatlarini tekshirishda yordam berish ekanini qo‘shimcha qildi. Shu maqsadda, uning so‘zlariga ko‘ra, Gaitiga AQSHdan maxsus guruh yuboriladi, uning tarkibiga Federal tergov byurosi (Federal qidiruv byurosi) va Milliy xavfsizlik departamenti xodimlari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Gaiti hukumati AQSHdan ham mamlakatning asosiy infratuzilmasini himoya qilish uchun qo‘shin yuborishni so‘ragandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 iyuliga o‘tar tunda Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketildi. Hujum paytida mamlakatning birinchi xonimi Martin Moiz ham yaralandi.

Shundan so‘ng, Prezidentini o‘ldirishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi

Hozirda Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing