AQSH Prezidenti Putin bilan Xitoyda uchrashadimi? So‘z Trampga
Olam
−
22 iyul 6112 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda Xitoyga tashrif buyurishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda u bugun, 22 iyul kuni filippinlik mavqedoshi kichik Ferdinand Markos bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Xitoy rahbari Si Szinpin meni Xitoyga taklif qildi va biz buni yaqin kelajakda qilamiz”, dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tez orada bu borada qaror qabul qiladi. Shuningdek, Tramp rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan Xitoyga ehtimoliy tashrifi doirasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini inkor etmadi yoki tasdiqlamadi.
“Biz ko‘p uchrashuvlar o‘tkazishimiz mumkin”, dedi u jurnalistlarning Putin bilan uchrashuvi Pekinda bo‘lishi mumkinmi, degan savoliga javob berar ekan.
Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash urushi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Paradda Xitoy o‘z arsenalidagi o‘zi ishlab chiqargan uskunalarini namoyish etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniyaning “The Times” gazetasi AQSH Prezidenti Donald Tramp sentyabr oyi boshida Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Pekinga taklif qilinishi mumkinligini xabar qilgandi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Tramp kuzda Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan Xitoyga tashrif buyursa, u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.
Live
Barchasi