AQSH Polshaga havo hujumidan mudofaa tizimini sotishni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Polshaga havo hujumiga qarshi hamda raketaga qarshi mudofaa qo‘mondonlik-nazorat qilish tizimi va tegishli uskunalarni 4 mlrd dollarga sotishni tasdiqladi. Bu haqda AQSH mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi xabar berdi.

“Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi bugun kerakli sertifikatni taqdim etdi va Kongressni ushbu potensial savdo haqida xabardor qildi”, deyiladi agentlik bayonotida. 

Shuningdek, idora bu qurollarning Polshaga sotilishi AQSHning jangovar tayyorgarligiga zarar keltirmasligi va mintaqadagi “asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligi”ga ishontirgan.

Qayd etilishicha, asosiy pudratchi Northrop Grumman bo‘ladi. Bitimni amalga oshirish uchun Amerika hukumatining 40 ga yaqin vakili va 45 pudratchi xodimi "uzoq muddatga" Polshaga yuborilishi kerak. Ular texnik va moddiy-texnik ta’minot va polshalik xodimlarni o‘qitish ishlari bilan shug‘ullanadi. Agentlik fikricha, Polsha tizimlarni qabul qilishda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Mudofaa vazirligi Polshaga 12 mlrd dollarga Apache tipidagi hujum vertolyotlarini sotishni ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh mudofaa Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing