AQSH ortidan Yaponiya ham Markaziy Osiyo davlatlariga yaqinlashmoqchi

Olam

image

Yaponiya va Qozog‘iston kelasi yili Markaziy Osiyo – Yaponiya formatida sammit o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi vazir Yoko Kamikava va Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. 

“Ikkala tomon ham “Markaziy Osiyo-Yaponiya” muloqoti sammitini kelasi yilning o‘z vaqtida o‘tkazish mantiqan to‘g‘ri kelishiga kelishib oldilar va ushbu muloqot [formati]ning amaldagi raisi Qozog‘iston va Yaponiya boshqa tegishli davlatlar bilan muvofiqlashtirish uchun hamkorlik qilishini tasdiqladilar”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Bundan tashqari, Kamikava “mintaqaviy aloqalar va energiya almashinuvi”ni rivojlantirishda hamkorlik qilish niyatini bildirdi va Qozog‘istonni “qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq dunyo tartibi”ni saqlash va mustahkamlashda “strategik hamkor” deb atadi. 

Tomonlar Ukraina va Sharqiy Osiyo, jumladan, Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Kamikava Yaponiyaning shikastlangan “Fukusima-1” AESdan suvni okeanga chiqarish bo‘yicha pozitsiyasini tushuntirdi, shu munosabat bilan Nurtleu Yaponiyaning harakatlarini tushunishini tasdiqladi. 

Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi. 

Yaponiya nashrlari Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Vazirlar Mahkamasiga kelasi yildan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan sammitlar formatini yo‘lga qo‘yish ustida ishlashni topshirmoqchiligi haqida xabar berdi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ish olib borayotgan hukmron Liberal-demokratik partiyasi deputatlar guruhi rahbari, sobiq Bosh vazir Taro Aso Kisidaga takliflarini, jumladan, bunday sammitlarni muntazam o‘tkazishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing