AQSH NATO sammitiga Isroil va arab davlatlarini ham taklif qildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Isroil va bir qancha arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarini kelasi oy Vashingtonda o‘tadigan NATO sammitiga taklif qildi. bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, sammit AQSH Prezidenti Jo Baydenga Vashingtonning xalqaro sheriklik va ittifoqchiliklarini mustahkamlash siyosatini namoyish etish imkoniyatini beradi. Ammo u ko‘plab diplomatlar Vashingtonning Ukrainadagi hamda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush bo‘yicha pozitsiyalaridagi qarama-qarshiliklarni ham ta’kidlaydi.

NATO a’zolari Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashda bir ovozdan qo‘llab-quvvatlasa-da, NATOning ko‘plab a’zolari va hamkorlari Isroilning G‘azodagi HAMAS bilan urushi bo‘yicha chuqur ixtilofda.

NATO odatda yillik yig‘ilishga o‘z hamkorlarining kamida bir qismini taklif qiladi, ammo yubiley sammitida AQSH Isroil taklif etilishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keskinlikning oldini olish uchun ittifoq bilan hamkorlik qiladigan 31 davlat, jumladan Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyadan Tashqi ishlar vazirlarini taklif qildi.

Taklif etilgan arab davlatlari orasida Misr, Iordaniya, Qatar, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn bor.

Ma’lumot uchun, AQSH poytaxtida 9-11 iyul kunlari Shimoliy Atlantika alyansi tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan NATOning yubiley sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘shma Shtatlar Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlarini ham NATO sammitining sherik formatidagi tadbirida ishtirok etishga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing