AQSH muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 20 mlrd dollar ajratadi

Olam

image

AQSH Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foyda hisobiga qaytarish sharti bilan G7 krediti doirasida 20 milliard dollargacha mablag‘ ajratishga tayyor. Bu haqda amerikalik amaldorlarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, AQSH zarur mablag‘ni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Rossiya aktivlarini muzlatish muddatini olti oydan 36 oygacha uzaytirish taklifiga qo‘ygan vetosiga qaramay ajratadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kredit bo‘yicha muzokaralar jarayoni tezlashmoqda, chunki G‘arb uni yil oxirigacha taqdim etishni rejalashtiryapti. Agar saylovlarda respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘olib bo‘lsa, Kiyevga ko‘rsatiladigan yordam hajmini qisqartirishi mumkinligi ta’kidlangan.

Nashrning yozishicha, 25 oktyabr kuni G7 mamlakatlari Moliya vazirlari Vashingtonda o‘tadigan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki konferensiyasi doirasida kredit shartlari bo‘yicha bayonot berishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made