AQSH Misrga 43 dona “Apache” yetkazib berishga qaror qildi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Misrga 2,3 milliard dollarlik 40 tadan ortiq Apache vertolyotini sotishni ma’qulladi. Bu haqda, Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik bo‘limi xabar bermoqda.

“Davlat departamenti Misr hukumatiga 43 dona AH-64E Apache vertolyotni taxminiy qiymati 2,3 milliard dollarga sotish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi bayonotda.

Misrda 2013 yilda Prezident Muhammad Mursiy ag‘darilganidan beri Vashington va Qohira o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi. Vashington keyinchalik Misr rasmiylarini qo‘llab-quvvatlashni keskin cheklab qo‘ydi va Qohiraga 10 ta Apache vertolyotlarini yetkazib berishni bekor qildi. Bundan tashqari, keyinchalik boshqa harbiy texnikalar va ularning ehtiyot qismlarining ham yetkazib berilishini to‘xtatganini e’lon qildi. 

Biroq 2017 yilning aprel oyida AQSH ma’muriyati qurollarni to‘liq yetkazib berishni qayta tiklashga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Misr

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing