AQSH Markaziy Osiyodagi muhojirlar uchun 2 million dollar ajratdi

Jamiyat

image

AQSH hukumati, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali, COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi. Ushbu yordam USAID tomonidan moliyalashtirilgan va “Winrock International” amalga oshirayotgan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida taqdim etilib, u o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyodagi millionlab muhojirlarning gumanitar va moliyaviy inqiroziga olib keldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo bo‘ylab tranzit va o‘tish joylarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ish va chetdan yuborilayotgan pul mablag‘larini to‘xtatilishi oilalarni tegishli resurslarsiz hamda huquqiy himoyasiz qoldirdi. Migrantlar, shuningdek, o‘zlarini virusdan qanday himoya qilish to‘g‘risida ma’lumot va resurslarga ega emaslar.

“USAID “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida juda zarur bo‘lgan yordamni taqdim etadi, shu jumladan axborot manbalari bilan taʼminlaydi, asosiy xizmatlarga yo‘llanmalar beradi, muqobil turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi, muhojirlarga ushbu qiyin vaziyatni yengishda yordam berish uchun ko‘nikmalar va treninglar o‘tkazadi. Loyiha, shuningdek, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatish orqali muhojirlarning huquqlarini himoya qiladi“, deyiladi agentlik xabarida.

“Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi Markaziy Osiyoning besh respublikasiga dalillarga asoslangan amaliyot va transchegaraviy munosabatlarda o‘zaro javobgarlikni kuchaytirish, odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va xavfsizligini kuchaytirishda hukumatlar, NNTlar va xususiy sektorning samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilgan.

“USAID COVID-19 pandemiyasi paytida butun Osiyo bo‘ylab muhojirlar va ularning oilalari duch kelayotgan o‘ziga xos qiyinchiliklarni yaxshiroq tushunishga harakat qilmoqda. Muhojirlarga umumiy aholini himoya qilishga qaratilgan siyosat salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularga qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan foydalanish imkoniyati cheklanishi, natijada ular yashash uchun tabiiy resurslarga tayanishga majbur bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyoda bo‘lgani kabi, zaiflikni kamaytirish va tizimlarni mustahkamlash maqsadida barcha uchun investitsiyalar butun mintaqada amalga oshiriladi“, deydi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, USAIDXalqaro taraqqiyot bo‘yicha dunyodagi yetakchi agentlik va rivojlanish sohasida natijalarga erishish “katalizatori” hisoblanadi. USAID o‘z faoliyatida AQSH milliy xavfsizligi va iqtisodiy gullab-yashnash g‘oyasini ilgari suradi, Amerika xalqi saxovatini namoyish etadi va rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zini o‘zi taʼminlay olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularning barqarorligiga yo‘l ochadi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo USAID

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing