Markaziy Osiyoda odamlar to‘rt barobar boyidi
Olam
−
07 dekabr
8115Markaziy Osiyoning yalpi ichki mahsuloti nominal ko‘rinishda 20 yil ichida 7 barobar, real ko‘rsatkichda esa 4 barobar o‘sdi. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Vinokurov 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozida ma’lum qildi.
“Xalq to‘rt barobar boy bo‘ldi. Aholining harakatchanligi 3 barobar, kirib kelayotgan sarmoya hajmi esa 17 barobardan ortdi. Biz butun dunyoga Markaziy Osiyo muhim, qiziqarli, iqtisodiy jozibador mintaqa ekanligini ko‘rsatishga harakat qildik. So‘nggi ikki yil ichida bizning fikrlarimizni tasdiqlaganlar ko‘paydi”, degan Vinokurov.
Shuningdek, ekspert Markaziy Osiyo Yevrosiyodagi yirik, tez rivojlanayotgan va muhim iqtisodiy mintaqa va u o‘zining transport va tranzit salohiyati, savdo bozori sifatida investitsiyalar uchun qiziqarli ekanligini ham ta’kidlagan.
“Tashqi qiyinchiliklarga qaramay, mintaqa iqtisodiyoti sekinlashmayapti va tashqi zarbalarga yaxshi qarshilik ko‘rsatmoqda”, degan Vinokurov.
Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2022–23 yillarda o‘rtacha 4,8 foizga o‘sgan. Bu so‘nggi ikki yil ichida butun dunyo bo‘yicha o‘rtacha 3,4 foizga o‘sish degani. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yilda mintaqaning nominal yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi