AQSH ma’muriyati migrant bolalarni yashirincha ko‘chiryapti – NYP

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati voyaga yetmagan muhojirlarni samolyot bilan yashirincha Texas shtatidan Nyu-Yorkka olib ketmoqda. Bu haqda “The New York Post” nashri xabar bergan. 

“Voyaga yetmagan muhojirlari bo‘lgan samolyotlar yashirincha Nyu-Yorkning chekkasiga jo‘natilmoqda”, deyilgan nashrda. 

Manbalarda aytilishicha, muhojirlar bo‘lgan charter reyslar kamida joriy yilning avgustidan beri Texasdan ketmoqda. 

Ta’kidlanishicha, bir hafta oldin Nyu-Yorkning Vestchester okrugi aeroportiga ikkita samolyot qo‘ngan, kelganlarning aksariyati bolalar bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida oz sonli katta yoshli erkaklar ham bo‘lgan. So‘ng muhojirlar politsiya xodimlari ishtirokida avtobuslarga joylashtirilgan. 

Qayd etilishicha, kelganlar keyinchalik qarindoshlari bilan Nyu-Jersi shtatida yoki Nyu-York janubidagi maxsus muassasada ko‘rishgan. 

Nashr tahliliga ko‘ra, joriy yilning 8 avgustidan buyon ikki mingga yaqin voyaga yetmagan muhojir 21 ta reys bilan aeroportga kelgan, bu samolyotlarning bir qismi o‘z manziliga kechasi yoki erta tongda yetib kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimida ishni o‘zidan oldingi Prezident Donald Tramp tomonidan kiritilgan immigratsiya tashabbuslari va cheklovlarini bekor qilishdan boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh migrant

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing