AQSH Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi.

Kecha, 8 mart kuni Davlat departamentining dunyo bo‘ylab ayollarga fuqarolik jasorati uchun mukofotlarini topshirish marosimida nutq so‘zlagan Blinken, Vashington Belarusda siyosiy mahbuslarni ozod qilinishi uchun harakatni to‘xtatmasligini aytgan.

Telekonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan marosimni AQSH Davlat kotibi Belarus muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zosi Mariya Kolesnikovaning nomi bilan ochdi.

“O‘tgan yili o‘tkazilgan (Belarus) prezident saylovlari oldidan u butun mamlakat bo‘ylab ayollarni Yevropaning so‘nggi diktatori Aleksandr Lukashenko hukmronligiga qarshi norozilik namoyishlariga safarbar qildi”, degan Blinken.

Uning ta’kidlashicha, Kolesnikova Belarusda hibsda. AQSH esa uni va Belarusdagi boshqa siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirishda davom etadi.

Shu bilan birga AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden ham tadbirda ishtirok etib, Belarusdagi haqqoniy saylovlar AQSH demokratiyasini ham mustahkamlashini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing