AQSH Kosmik kuchlarining yangi logotipi namoyish etildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasi 2019 yil tashkil etilgan mamlakat Kosmik kuchlarining logotipini ko‘rsatdi.

Logotipning chetlariga aylana shaklda “AQSH Kosmik kuchlari” va “Harbiy-havo kuchlari vazirligi” deb yozilgan. Aylana ichida Yer sayyorasi aks etgan. Markazda esa yoyning uch qismini eslatib yuboruvchi, yuqriga yo‘naltirilgan va orbitaga bog‘langan oq rangli jism tasvirlangan. Quyida rim raqamlarida kosmik kuchlar tashkil topgan – 2019 yil keltirilgan.

“Buyuk harbiy yetakchilarimiz, dizayner va boshqalar bilan maslahatlashuvdan so‘ng, men ajoyib armiyamizning oltinchi bo‘limi bo‘lmish AQSH Kosmik kuchlarining yangi logotipini ko‘rsatishdan xursandman!”, deb yozgan Tramp.

Kosmik kuchlar — AQSH qurolli kuchlarining oltinchi turi hisoblanadi. Fazoda harbiy operatsiyalar o‘tkazish uning asosiy maqsad va vazifalariga kiradi. Ayni paytda unda 16 ming kishi xizmat qiladi.

Avvalroq, Kosmik kuchlar xizmatchilarining yangi uniformasi internet foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Kosmik kuchlari

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing