AQSH, Koreya va Yaponiya KXDRga sanksiya kiritdi

Olam

image

Yaponiya hukumati Tokio ma’lumotlariga ko‘ra, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hukumati va uning yadroviy raketa dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan uchta guruh va tashkilotga, shuningdek, bir shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ma’lum qildi. 

“Hukumat yig‘ilishida qo‘shimcha sanksiyalar ro‘yxatiga Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlangan Shimoliy Koreyaning yadroviy raketa dasturiga aloqador bo‘lgan uchta tashkilot va bir shaxsni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deydi u. 

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan ro‘yxatga Korea Haegumgang Trading Corporation va Korea Namgang Trading Corporation savdo kompaniyalari, Lazarus Group xakerlar guruhi va KXDR qurol-yarog‘ sanoati departamentining Vetnamdagi vakili kiritilgan. Hozirda Tokioning sanksiyalar ro‘yxatida Shimoliy Koreya bilan aloqador 68 ta yuridik shaxs va 72 ta jismoniy shaxs bor. 

Tokio tomonidan kiritilgan sanksiyalar, agar ular aniqlansa, ushbu shaxslar va tashkilotlarning hisoblarini muzlatish, shuningdek, ular bilan operatsiyalarni kuzatishni o‘z ichiga oladi. 

Shu bilan birga, Seul va Vashington KXDRga qarshi individual sanksiyalar kiritdi. Janubiy Koreyaning sanksiyalar ro‘yxatiga KXDRning sakkiz fuqarosi va yetti nafar tashkiloti, AQSH ro‘yxatiga esa uch nafar shaxs kiritilgan. 

Yaponiya hukumati bayonotida qayd etilganidek, bunday qaror Pxenyan yapon fuqarolarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq muammoni bartaraf etishga harakat qilmayotgan bir sharoitda qabul qilingan. Bundan tashqari, Tokio Shimoliy Koreyaning 18 noyabr kuni sinovlar chog‘ida uchirilgan qit’alararo ballistik raketasi Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga tushib qolganini eslatdi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u oddiy trayektoriya bo‘ylab uchirilganda 15 ming kmdan ortiq masofani uchib, AQSHga yetib borishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing