AQSH Kongressi 2024 yilgi byudjet bo‘yicha kelishuvga erishdi
Olam
−
08 yanvar
5797Kecha, 7 yanvar kuni AQSH Kongressidagi Demokratlar va Respublikachilar partiyalari vakillari 2024 yilgi hukumat byudjeti bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Amerika Ovozi” xabar berdi.
"Kelishuv bizni hukumatning keraksiz yopilishining oldini olishga va muhim milliy ustuvorliklarni himoya qilishga yaqinlashtiradi", degan AQSH Prezidenti Jo Bayden kelishuvni olqishlab.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson va Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumerning aytishicha, kelishuv 1,6 trillion dollar byudjet chegarasini nazarda tutadi. Shundan qariyb 886 milliard dollari mudofaa xarajatlariga, yana 772 milliard dollari boshqa sohalarga yo‘naltiriladi.
“Shu orqali AQSH hukumati faxriylarni qo‘llab-quvvatlash yoki sog‘liqni saqlash xizmatlari kabi muhim ichki ustuvorliklarni "ajoyib qisqartirishlardan" himoya qila oladi”, deydi Shumer.
O‘z navbatida, Bayden ham kelishuv "mehnatkash oilalar tayanadigan" dasturlarni chuqur qisqartirishdan saqlashini ta’kidlagan. Shu bilan birga, murosa qat’iy tejamkorlik choralarini ilgari surayotgan Vakillar palatasi respublikachilarning o‘ng qanotini norozi qoldirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Amerika qonun chiqaruvchi palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan kelishilgan mudofaa byudjeti loyihasida Ukrainaga harbiy yordam uchun 300 million dollar ajratilgan. Qonunchilar, agar kerak bo‘lsa, 2025-moliya yilida ham xuddi shunday ehtiyojlar uchun 300 million ajratish niyatida. Umuman olganda, Kiyevga yordam 2026 yil oxirigacha uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1 oktyabrida AQSHda 2024-moliya yili boshlangan. O‘shanda byudjet taqchilligi va Kongressdagilarning Ukrainaga yordam borasida kelisha olmagani tufayli shutdown ya’ni AQSH hukumati o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi xavf solgandi. AQSH Kongressi belgilangan muddat tugashiga atigi ikki yarim soat qolganida vaqtinchalik (45 kunlik) byudjet loyihasini ma’qullab shutdown’dan qutilib qolgandi.
LiveBarchasi