AQSH Xitoyni “dunyoning yetakchi huquqbuzari” deb bilishini aytdi 

Olam

image

AQSH Xitoyni savdo va iqtisodiyotga munosabati uchun "dunyoning yetakchi huquqbuzari" deb biladi. Bu haqda Amerika Hukumati savdo vakili Ketrin Tayning hisobotiga asoslanib xabar berilgan.  

"Xitoy Hukumati tomonidan iqtisodiyot va savdoga qaratilgan yondashuv uni dunyoning yetakchi huquqbuzari ekanini namoyon etadi", deyilgan xabarda. 

Hujjatda ta’kidlanganidek, bu Xitoy sanoatining ayrim tarmoqlarida, "xususan, metallurgiya, alyuminiy va quyosh energetikasini o‘z ichiga olgan" ortiqcha quvvat bilan bog‘liq jiddiy va doimiy vaziyatlarda aks etadi. 

Shuningdek, AQSH "ushbu zararli savdo amaliyotlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro va ko‘p tomonlama harakatlarini davom ettiradi", deyilgan hujjatda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing