AQSH Xitoyni ayblashdan to‘xtamayapti
Olam
−
04 mart 2021
4778Xitoy Hukumati yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq masalalarda yetarli darajada shaffoflikni namoyish etmayapti. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken aytgan. Suhbat matni Davlat departamenti saytida e’lon qilingan.
“Xitoy ushbu inqiroz boshlanganda ham, u eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan paytda ham, hatto hozirda tergovlar davom etayotgan paytda ham to‘liq va samarali shaffoflikni namoyish qilmadi”, degan AQSH Davlat kotibi.
Blinken shaffoflik nafaqat o‘tmishga, balki kelajakdagi voqealarga nisbatan ham "hayotiy" ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan, uning fikricha, aynan shaffoflik orqali yangi pandemiyalarning oldini olish mumkin.
Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.