AQSH Xitoyga yadroviy urush boshlashi mumkin — “Forbes”

Olam

image

AQSH Xitoy bilan to‘qnashadigan bo‘lsa, qasos sifatida yadro qurolidan foydalanishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Forbes” nashri yozmoqda. 

“Harbiy harakatlar boshlangan taqdirda, AQSH Xitoyning havo hududiga yadro kallaklarini tashiy oladigan samolyotlarni yuboradi”, deb yozadi “Forbes” sharhlovchisi Loren Tompson.

Xususan, yadro hujumi 2020 yil oxirida o‘tkazilgan harbiy mashqlar paytida namoyish etildi. Unda AQSH harbiy kuchlari 2030 yilda Xitoy Tayvanga hujum uyushtirgan taqdirda o‘z harakatlarini modellashtirgan.

OAVning xabar berishicha, mashqlarda V-21 yangi avlod strategik bombardimonchisi va 1955 yildan buyon xizmat ko‘rsatib kelayotgan V-52 samolyotlari qatnashgan.

Avvalroq, rasmiy Pekin NATOga Xitoyning tahdidi haqidagi turli nazariyalarni ilgari surishni bas qilishni so‘ragani haqida xabar bergan edik.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

705

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing