AQSH Xitoy tovarlari uchun bojsiz import qoidasini bekor qildi

Olam

image
Savdo urushi: Xitoyda AQSH tovarlari uchun yangi bojlar kuchga kirdi north_east

Savdo urushi: Xitoyda AQSH tovarlari uchun yangi bojlar kuchga kirdi

Ko‘pgina amerikaliklar Prezident Donald Tramp joriy etgan keng qamrovli tariflarining katta ta’sirini hozirgacha his qilmagan bo‘lishi mumkin, endilikda u sezila boshlaydi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Buning sababi joriy yilning 2 may kunidan e’tiboran AQSHda jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun xorijdan tovar buyurtma qilib, uni bojsiz olib kirish imtiyozi bekor qilindi.

Ma’lumki, de minimis 800 dollar yoki undan kam bo‘lgan tovarlarni AQSHga bojsiz olib kirishga imkon berdi, u ko‘pincha vaqt talab qiladigan tekshiruvlar va hujjatlarni o‘tkazib yuborardi. AQSHda shu kunlargacha undan foydalanilib, kichik qiymatli jo‘natmalarga boj va import solig‘i solinmasdan kelingan. Bu imtiyoz 1938 yilda boj olish ortiqcha xarajat va samarasiz bo‘lgani uchun joriy etilgan.

Ushbu imtiyoz son-sanoqsiz amerikaliklarning xarid qilish usulini o‘zgartirishga yordam berdi va ular Shein, Temu va AliExpress kabi o‘ta arzon Xitoy elektron tijorat saytlariga ipdan tortib to mebellargacha, kiyim-kechak va fotosuratlar uchun jihozlar va boshqa narsalarni sotib olib kelayotgandi.

AQSH nafaqat imtiyozni bekor qildi, balki 800 dollargacha bo‘lgan yuklar uchun endilikda 145 foizli yig‘im joriy qildi.

Temu esa Xitoydan AQSHga import qilinadigan tovarlarni o‘z platformasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri mijozlarga sotishni to‘xtatishini aytdi. Onlayn bozorda sotuvlar endi mahalliy sotuvchilar tomonidan amalga oshirilishi va buyurtmalar mamlakat ichidan bajarilishi ma’lum qilindi.

Ushbu harakat past qiymatli paketlar uchun bojsiz qoida yopilgani sababli amalga oshiriladi. Temu platformaga qo‘shilish uchun AQSH firmalarini faol ravishda hamkorlikka jalb qilganini aytdi.

800 dollardan kam bo‘lgan posilkalarga nisbatan qo‘llanib kelingan de minimis imtiyozining tarafdorlari bu bojxona jarayonini soddalashtirishga yordam berganini ta’kidlamoqda.

Ammo Tramp ham, uning o‘tmishdoshi Jo Bayden ham bu Amerika korxonalariga zarar yetkazganini va noqonuniy tovarlar, jumladan, giyohvand moddalarni olib o‘tishda foydalanilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Temu bojsiz import qoidasi AliExpress Shein

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing