AQSH Xitoy bo‘yicha rejasidan voz kechdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahri fond birjasi Xitoyning uchta yirik kompaniyasi aksiyalarining savdosini to‘xtatish niyatidan voz kechdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

“Nazorat qiluvchi organlar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlardan so‘ng, birja rahbariyati “Uchta kompaniya aksiyalarini birja savdolaridan chiqarish haqida 2020 yil 31 dekabrdagi qarorni qabul qilmaslik to‘g‘risida” gi to‘xtamga keldi”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, qaror joriy yilning 11 yanvaridan kuchga kiradi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning dekabr oyi oxirida birja ma’muriyati AQSH talablaridan kelib chiqib, Xitoyning China Mobile, China Unicom va China Telecom Hong Kong kompaniyalari aksiyalarini savdoga qo‘yishni bekor qilganini haqida xabar bergan. Ushbu qadam AQSH Prezidenti Donald Trampning 2020 yil noyabr oyida Xitoy qurolli kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator Xitoy kompaniyalariga Amerika sarmoyalarini taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolashi bilan bog‘liq edi. Xitoy rasmiylari ushbu farmonning Tramp tomonidan imzolanishini qoraladi. Ular Vashingtonni Xitoy kompaniyalariga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing