AQSH qo‘shinlari Nigerdan quvildi

Olam

image

AQSH qo‘shinlari Nigerdan avgust oyining boshida olib chiqib ketiladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar armiyasi generali Kennet Ekman ma’lum qildi.

O‘tgan yili davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni qo‘lga kiritgan Niger xuntasi AQSH va Fransiya kuchlarini mamlakatni tark etishini talab qildi. AQSH generalining so‘zlariga ko‘ra, Nigerning shimolidagi Agadez dron bazasida joylashgan qolgan amerikalik askarlar joriy yilning avgust oyi boshlarida mamlakatni tark etadi. 

Qo‘shma Shtatlar iyul oyi boshida Niger poytaxti Niameydagi bazani tark etdi, biroq yana 200 nafar amerikalik askarlar mamlakat shimolidagi Agadez dron bazasida qolmoqda. Mamlakatni tark etayotgan AQSH qo‘shinlari generali Kennet Ekman bu hududdagi mintaqaviy xavfsizlik uchun juda tashvishli voqea ekanligini aytdi.

“Men bu yerda sizning harbiy va hukumat rahbarlaringiz bilan gaplashdim – biz Sahel atrofidagi mamlakatlarga tobora kuchayib borayotgan va ko‘proq tahdid solayotgan zo‘ravon ekstremistik tahdid haqida bir xil xavotirdamiz”, deydi general.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kot-d’Ivuar xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlikni davom ettiradi, biroq u OAVda Amerika harbiylari mamlakat shimolidagi Odiyenne shahrida baza qurmoqchi ekani haqidagi xabarlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Niger AQSh qo'shinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing