AQSH qo‘shinlari Iroqdan chiqib ketdi

Olam

image

Iroq armiyasi AQSHning sobiq harbiy bazasini egalladi. AQSH harbiylari Iroqdagi Ayn-al-Asad aviabazasidan chiqarildi va endi baza to‘liq Iroq armiyasi nazoratida. Bu haqda Iroq Mudofaa vazirligiga tayanib, CNN xabar berdi.

Bazada vazifalarni taqsimlash va bo‘linmalarni boshqarish Iroq Bosh shtabi rahbari, general-polkovnik Abdul Amir Rashid Yaralloh tomonidan amalga oshirilgan. 

Agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bazada hozirda AQSHning bir nechta harbiylari qolgan, bu logistika bilan bog‘liq muammolar sababli. Dastlab, yuzlab amerikalik harbiylar 2025 yilning sentyabrigacha bazadan chiqarilishi, qolganlari esa yil oxirigacha chiqarilishi rejalashtirilgan edi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Amerika tomoni Iroq harbiylarini chiqish jarayonini tezlashtirish haqida oldindan xabardor qilgan. Ilgari ham AQSH harbiylari Iroq hukumati bilan erishilgan kelishuvga muvofiq Ayn-al-Asad bazasini tark eta boshlagani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Ayn-al-Asad bazasi – Iroqning g‘arbiy qismida joylashgan yirik harbiy aviabaza bo‘lib, u Saddam Husayn davrida qurilgan. Baza “Qahramonlar bazasi” nomi bilan ham tanilgan va u mamlakatdagi eng muhim harbiy ob’ektlardan biridir. AQSH kuchlari 2003 yildan boshlab Iroqdagi urushdan so‘ng bazani ishlatib kelgan.

Bazada samolyotlar uchun qismlar, hangarlar, qo‘mondonlik punktlari, yashash va yordamchi inshootlar mavjud bo‘lib, u strategik jihatdan mamlakatning g‘arbiy hududini nazorat qilish imkonini beradi. Ayn-al-Asad bazasi ko‘plab harbiy operatsiyalar va amerikalik harbiylar joylashuvi uchun markaz sifatida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Qatarga Aydaxo shtatidagi Mauntin-Xom harbiy-havo bazasida o‘zining F-15 qiruvchilari va uchuvchilarini tayyorlash uchun aviabaza inshooti qurishga ruxsat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq Abdul Amir Rashid Yaralloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing