AQSH Qozog‘iston bilan 4 mlrd dollarlik bitim tuzdi
Olam
−
23 Sentabr 2025 3820 2 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Qozog‘iston o‘rtasida mamlakat tarixidagi lokomotivlar bo‘yicha eng yirik shartnoma imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bitim qiymati qariyb 4,2 milliard dollarni tashkil etib, u Amerika kompaniyasi Wabtec bilan tuzilgan. Kelishuv doirasida Ostona shahrida joylashgan Wabtec zavodida 300 ta zamonaviy yuk lokomotivi ishlab chiqariladi hamda ularning servis xizmati ta’minlanadi.
Wabtec zavodi Qozog‘iston poytaxtida 2009 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaga 230 million dollar investitsiya kiritilgan bo‘lib, shu vaqtgacha ichki bozor va eksport uchun 600 dan ortiq lokomotiv ishlab chiqarilgan. Mahalliylashtirish darajasi 45 foizga yetgani ta’kidlanmoqda. O‘tgan yili kompaniya Qozog‘istonda yangi texnologik va muhandislik markazini ishga tushirdi.
Mazkur kelishuv AQSH va Qozog‘iston Prezidentlari – Donald Tramp hamda Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasidagi muloqotdan so‘ng e’lon qilingan. To‘qayev ayni paytda Nyu-Yorkda tashrif bilan bo‘lib turibdi va bir qator yirik Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
AQSH tomoni bu shartnomani sanoatning muhim tarmoqlaridan biri uchun kuchli qo‘llab-quvvatlash deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashgandi. Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Vladimir Zelenskiy Ukraina hududidagi vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025