AQSH Qora dengiz uzra boshqa dronni jo‘natdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Qora dengiz uzra yana uchuvchisiz uchish qurilmasini yubordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir kun avval mintaqaga RQ-4 Global Hawk droni yuborilgan. U Ruminiya havo hududidan osmonga ko‘tarilgan va Qrimning janubi-sharqidagi xalqaro havo hududida 16 km balandlikda uchgan.

Ushbu parvoz Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSHning razvedkachi MQ-9 droni bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyingi birinchi parvozdir.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning razvedkachi MQ-9 droni Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlari tomonidan Qora dengizning xalqaro suvlariga urib tushirilgan edi.

Mazkur holat bir yildan beri davom etayotgan urushda Rossiya-AQSH harbiy kuchlarining ilk marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi bo‘lgan edi.

Keyinchalik CBS telekanalida dronning urib tushirilishi aks etgan animatsion rolik e’lon qilindi.

Dron qulashi ortidan AQSH va Rossiya Mudofaa vazirlari telefon orqali o‘zaro muloqot qildi. Muloqot AQSH tarafining talabi bilan o‘tkazildi. Unda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu amerikalik mavqedoshi Lloyd Ostinga Amerika dronlarining Qrim qirg‘oqlari bo‘ylab parvozlari provokatsion xarakterga ega ekanini va bunday harakatlar Qora dengiz zonasida keskinlashuvga olib kelishi mumkinligini aytgan.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Amerika dronini urib tushirgan uchuvchilarni mukofotlagani haqida xabar bergan edik.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing