Rossiya qiruvchisi AQSH dronini qulatgani tasvirlangan kadrlar e’lon qilindi (video)

Olam

image

Avvalroq, AQSHning razvedkachi MQ-9 droni Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotlari tomonidan Qora dengizning xalqaro suvlariga urib tushirilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat aks etgan videoni CBS telekanali e’lon qildi. 

Qora dengiz ustida AQSHning MQ-9 uchuvchisiz uchish apparati (dron) va Rossiyaning Su-27 samolyoti o‘rtasidagi to‘qnashuvning haqiqatga yaqin bo‘lgan ssenariysini aks ettiruvchi videoni taqdim etdi.

Amerikalik jurnalistlar dron Ukraina armiyasi uchun razvedka ma’lumotlarini to‘plagani, ular orasida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba berish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan muhim fakt mavjudligi haqida xabar bergan.

Rossiya mazkur holatga izoh berar ekan, uning qiruvchilari bortdagi qurollardan foydalanmagani, uchuvchisiz uchish apparati bilan aloqada bo‘lmagani haqida ma’lum qilgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya dron Qora dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing