AQSH qonunchilari Turkiyani S-400 ZRMlar uchun jazolash harakatiga tushdi

Olam

image

AQSHning Respublikachilar va Demokratlar partiyasidan bo‘lgan kongressmenlar Turkiyaga Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasi sotib olgani uchun sanksiya joriy qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

“Rossiya qurollarini sotishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi muhimligini tushuntirgan respublikachi Adam Kinzinger Turkiya Rossiya qurollarini sotib olmaslik bo‘yicha NATOdagi hamkorlarining ogohlantirishini rad qilgani va buning uchun javob berishi kerakligini aytgan.

Qonun qabul qilinsa, AQSH hukumati “Amerika dushmanlariga sanksiya vositasida qarshilik ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Turkiyaga qarshi saknsiya joriy qilishi kerak bo‘ladi. Sanksiyalar Turkiya S-400 ZRMlardan xalos bo‘lsa va boshqa bunday qurollarni qo‘lga kiritmaslik majburiyatini olsa, bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Turkiya S-400 yetkazib berish bo‘yicha 2017 yilda shartnoma tuzgan. ZRMlarning dastlabki qismlari 2019 yil iyulda yetkazib berildi. Noyabrda Rossiya muddatidan avval Turkiyaga 2,5 mlrd dollarlik to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berdi. Rasmiy Vashington Turkiyaning bu harakatini qoralab, uni F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish dasturidan chiqarib yuborgandi.

Joriy yilning mart oyi boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyadan olingan S-400 ZRMlar aprelda foydalanishga topshirilini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Turkiya S-400

Baholaganlar

350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing