AQSH Qirg‘izistondan Afg‘onistondagi harbiylari uchun joy so‘radi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z harbiylarini Afg‘onistondan Qirg‘izistonga o‘tkazish masalasida Bishkekka murojaat qildi, biroq rasmiy formatdagi hamkorlik masalasi hali yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev “Tengrinews” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Vazirga ko‘ra, Qirg‘iziston Vashington bilan terrorizmga qarshi kurashish borasida juda katta hamkorlik tajribasiga ega. Kazakbayev 2000 yillar boshida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari "Manas" aeroporti aviabazasida joylashtirilganini eslatgan.

"AQSH tomonidan turli darajadagi murojaatlar, konsultatsiyalar bo‘lgan. Ammo Afg‘onistondagi vaziyat har kuni o‘zgarib turadi va hozirda bunday formatdagi hamkorlik masalasi hali yo‘q", deydi vazir Qo‘shma Shtatlar Bishkekka amerikalik harbiy xizmatchilarni Afg‘onistondan o‘tkazishni taklif qilganmi, degan savolga javob berar ekan.

May oyida “Wall Street Journal” gazetasi esa manbalarga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo davlatlariga Afg‘onistondan olib chiqilayotgan qo‘shinlarini joylashtirishni so‘rashi mumkinligi, ammo hali hech qanday kelishuvlar yo‘qligi haqida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2001 yilda 11 sentyabr voqealaridan keyin AQSH Qirg‘izistonda harbiy bazasini joylashtirgandi. Baza Bishkek yaqinidagi “Manas” xalqaro aeroportida barpo etilgan. 2009 yilgacha aksilterror kuchlari aviabazasi sifatida foydalanilgan. 2014 yilgacha esa AQSHning tranzit parvozlari markazi bo‘lgan. Baza 2014 yil iyulda to‘liq yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qirg'iziston

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing