AQSH Isroilga qo‘shimcha qurollar partiyasini yetkazib berishga rozi bo‘ldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga milliardlab dollarlik bomba va qiruvchi samolyotlarni topshirishga ruxsat berdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Yangi yordam paketiga 1800 dan ortiq MK84 bombalari (vaznlari taxminan 900 kg) va 500 ta MK82 bombalari (vaznlari 227 kg) kiradi.

Paket Isroilning davom etayotgan bombardimon kampaniyasi va G‘azo sektoridagi quruqlik hujumi tufayli qattiq xalqaro tanqid ostiga olingan va Demokratik partiyadan Prezident Jo Bayden uchun AQSHning Isroilga harbiy yordamini to‘xtatishga chaqirgan paytga to‘g‘ri keldi.

AQSH Isroilni havo hujumidan mudofaa va o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi, biroq ba’zi demokratlar va arab amerikalik guruhlar Bayden ma’muriyatining Isroilni qo‘llab-quvvatlayotganini tanqid qildi. Ularning fikricha, bu Binyamin Netanyaxu kabinetiga jazosiz qolish hissini beradi.

Kecha, 29 mart kuni Bayden ko‘plab arab amerikaliklar G‘azodagi urush va AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashidan jabrlanganini tan oldi. Shu bilan birga, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan tobora keskin va ommaviy kelishmovchiliklarga qaramay, Isroilni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.

Qurol kelishuvi Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galantning shu hafta Vashingtonga tashrifi ortidan amalga oshirildi va u bu safar davomida amerikalik rasmiylar bilan Isroilning qurolga bo‘lgan ehtiyojini muhokama qildi.

26 mart kuni jurnalistlarga bergan intervyusida Galant ikki ittifoqchi o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish maqsadida AQSH bilan aloqalar o‘z mamlakati xavfsizligi, shuningdek, Isroilning mintaqadagi “sifatli harbiy ustunligini”, jumladan, havo imkoniyatlarini saqlab qolish uchun muhimligini ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilib, Isroil hisoblariga ko‘ra, 1200 kishini o‘ldirgan va 253 kishini garovga olganidan keyin boshlangan. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorida HAMASga qarshi havo va quruqlikdan hujum boshladi, bu esa G‘azodagi sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, 32 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing