AQSH Isroilga 20 milliard dollarlik qurol yetkazib beradi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurollar – 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming o‘q-dorilar eksportini ma’qulladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

“Bu Isroilning joriy va kelajakdagi dushman tahdidlariga javob berish qobiliyatini yaxshilashi kerak", deyiladi bayonotda.

AQSH Kongressiga yuborilgan bildirishnomaga ko‘ra, F-15 qiruvchi samolyotlari 18,25 milliard dollar turadi va 2029 yilda yetkazib berilishi kerak. Bundan tashqari, Isroil Mudofaa vazirligi ham AQSH dan 50 mingtagacha minomyot va harbiy transporter sotib oladi.

May oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azo sektori janubidagi Rafahda qo‘llanilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli Isroilga samolyot bombalarini yetkazib berish to‘xtatilganini e’lon qilgan edi. Biroq Vashingtonga ko‘ra, bu qaror boshqa turdagi qurollar yetkazib berishga ta’sir qilmagan.

F-15 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish sababi sifatida Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlashga sodiq ekanini tushuntirdi. 

“AQSH milliy manfaatlari uchun Isroilni kuchli mudofaa qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash juda muhim", deb ta’kidladi Davlat departamenti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Filippindagi brifingda Isroil hujumga uchrasa, Qo‘shma Shtatlar unga o‘zini himoya qilishga yordam berishini aytib o‘tgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing